Rimdagi “La Nuvola” kongresslar saroyida tashkil etilgan mazkur koʻrgazma davomida yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlari va mahoratli oshpazlar tomonidan tayyorlangan taomlar namoyish etildi.

Tadbir doirasida 30 dan ziyod seminar va uchrashuvlar oʻtkazildi.

Xalqaro koʻrgazmada Italiya muzqaymoq ishlab chiqaruvchilar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan “IV Butunjahon muzqaymoq festivali” (Gelato World Heritage) ham ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

Tadbir chogʻida Italiyalik oshpazlar guruhi 6 mamlakat — Oʻzbekiston, Albaniya, Tunis, Misr, Xitoy va Yaponiya mahsulotlari asosida “Jelato” brendi ostidagi muzqaymoqni tayyorlashdi.

Ishtirokchi mamlakatlarning mahsulotlaridan tayyorlangan muzqaymoqlar “Funvic Europe Award” tashkiloti hamda ommaviy axborot vositalari vakillaridan iborat malakali hakamlar tomonidan baholandi.

Koʻrgazmaning ochilish marosimida Italiya muzqaymoq ishlab chiqaruvchilari uyushmasi bosh kotibi Klaudio Pika soʻzga chiqib, ushbu tadbir mamlakatlar oʻrtasida nafaqat madaniy aloqalarni

chuqurlashtirishi, balki taʼminot zanjirini qayta tiklab, yangi bozorlarni kashf etishga ham xizmat qilishini taʼkidladi.

Mamlakatimizning Italiyadagi elchisi Otabek Akbarov ishtirokchilarga yurtimizga boʻlgan qiziqishlari uchun minnatdorlik bildirar ekan, ushbu koʻrgazmadagi Oʻzbekiston taqdimoti anʼanaviy oʻzbek mehmondoʻstligi va mamlakatning turizm salohiyatini ifodalashini qayd etdi.

Oʻzbekiston milliy stendi mamlakatimizning turizm, madaniyat va qishloq xoʻjaligi salohiyatini aks ettiradigan mahsulotlar, milliy hunarmandchilik buyumlari bilan bezatildi. Shuningdek, zamonaviy Oʻzbekiston toʻgʻrisida hikoya qiladigan videoroliklar ham namoyish etildi.