Italiyada qadimiy astronomik xarita topildi

    Olimlar Italiyaning Triest viloyatidagi Kastel`ere-di-Rupinpikkolo qal'asida mamlakatdagi eng qadimgi astronomik xaritalardan birini topishdi.

    Kastelere-di-Rupinpikkolo – tepalikda joylashgan mudofaa inshooti. Mazkur inshootdan miloddan avvalgi 1800-1650-yillarda foydalanilgan. Balandligi 3-4 metr bo'lgan qal'a devori bugungi kungacha saqlanib qolgan, bir paytlar uning balandligi yetti metrga yetgan.

    Kirish joyidan uncha uzoq bo'lmagan yerda tadqiqotchilar diametri taxminan 50 santimetr bo'lgan ikkita dumaloq toshni topishdi. Ulardan birida quyosh tasviri saqlanib qolgan. Ikkinchisi, miloddan avvalgi IV asrga oid osmon xaritasi, deb xabar beradi mir24.tv.