Ushbu shartnoma doirasida 29-iyulda mahsulotning dastlabki turkumi Yevropaga joʻnatilgani haqida avval xabar bergan edik.
26-avgustda “BMB Zaʼfaron” brendi ostidagi mahsulotning 1,1 million yevroga teng navbatdagi turkumi Italiyaga eksport qilindi.
Italiyaga yoʻlga qoʻyilgan eksport amaliyoti kompaniya uchun navbatdagi ulkan rejalarning boshlanishi hisoblanadi. Kompaniya yuksak marralarni koʻzlagan holda, Oʻzbekistonni zaʼfaron yetishtiriladigan eng ilgʻor davlatlardan biri sifatida dunyoga tanitishga erishishishni oʻz oldiga qatʼiy maqsad qilib qoʻygan.
Zero, bugungi kunda xorijiy davlatlarda oliy sifatli “BMB-Zaʼfaron” mahsulotiga nisbatan qiziqish tobora oshib boryapti, deb xabar beradi Qishloq xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmati.