Tutingan oila maxsus sertifikatga ega 30 yoshga toʻlgan odamlar tomonidan tashkil etilib, unga 3-5 nafargacha bolalar qabul qilinadi.
Ixtisoslashgan 160 ta taʼlim muassasasida bosqichma-bosqich “gʻamxoʻrlik” guruhlari tashkil qilinadi. Yaʼni, ogʻir kasalligi bor bolalarga shu guruhlarda qarash orqali, ota-onalariga ishlashi uchun sharoit yaratib beriladi.
Ota-onasidan ayrilgan yoshlarni hayotda oʻz oʻrnini topib ketishi uchun koʻmaklashish tizimi ham oʻzgaradi. Endilikda “Yoshlarga hamrohlik” dasturi asosida bunday yoshlarni qoʻllab-quvvatlash 23 yoshgacha etib belgilanadi (hozirda 18 yosh).
Yigʻilishda Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari ishini oʻzgartirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.
Bu markazlarni tarbiyasi ogʻir bolalarning muammolari bilan ishlab, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish boʻyicha kompleks ijtimoiy xizmat koʻrsatadigan maskanga aylantirish lozimligi qayd etildi.
Mutasaddilarga bunday markazlarni “Hayot maktabi” sifatida qayta tashkil etish topshirildi.