Bu haqda Agentlik axborot xizmati xabar berdi.

Imtihon kunlari:

Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati – 7- avgust

Mirzo Ulugʻbek nomidagi fizika, matematika, astronomiya va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan maktab – 8-9-avgust

Muhammad al Xorazmiy nomidagi Axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabi – 10-12-avgust

Imtihonlar 3 smenada – 08:00, 12:00, 16:00 da oʻtkaziladi.

Imtihon vaqti haqida talabgorlarga 2-avgust kunidan boshlab sms-xabarnoma yuborilmoqda.

Sms-xabarnomani qabul qilgandan soʻng ariza.piima.uz saytidagi “Shaxsiy kabinet”dan Ruxsatnomani yuklab, chop etib olishingiz shart!

Imtihonga talabgor tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va Ruxsatnoma bilan kelishi lozim.

Imtihon oʻtkaziladigan manzil: Toshkent, Yashnobod tumani, Maxtumquli koʻchasi.