Ammo u inson qalbidagi katta savob va yurtga xizmat qilish orzusi tufayli bu mablagʻni boshqa ishga — mahallasidagi Navkarchi koʻchasini asfaltlashga sarfladi.

Baʼzilar hajga, baʼzilar umraga borish orqali savob izlaydi. Abdurashid ota esa oʻz mahallasi uchun asfalt yoʻl qilib, xalq duosini oldi. Uning amallari har bir bosib oʻtilgan qadamda, har bir harakatda savob boʻlib yozilishi turgan gap.

Bunday nuroniylar – milliy qadriyatlarimizning tirik namunasidir. U kishi ham dinni, ham xalq manfaatini birlashtirib, haqiqiy ziyoratni qalbdagi ezgu amal bilan ado etdi.