«So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, 43 kishi halok bo'lgan, 896 kishi jabrlangan… Izmirda qutqaruvchilar qulab tushgan to'qqizta bino vayronalarida ish olib bormoqda», deyiladi xabarda.
Eslatib o'tamiz, 30 oktyabr` kuni tushdan keyin Turkiyaning g'arbiy qismida 6,6 balli zilzila sodir bo'lgani haqida xabar bergan edik. Zilzila epimarkazi egey dengizida, Izmir viloyatining Seferihisar shahri yaqinida bo'lgan.