Tadbir davomida Jahon banki tomonidan 2018-yil 1-oktyabrdan kuchga kiritilgan Ekologik-ijtimoiy tamoyillar (ESF) va ushbu tamoyillar asosida amaliyotga tatbiq etilgan Ekologik va ijtimoiy standartlar xalqaro moliya institutining Barqaror rivojlanish yoʻlidagi faoliyatini yanada mustahkamlash haqida fikr almashildi.
Bundan tashqari, Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish siyosati (IPF) borasida markaz mutaxassislariga tushunchalar berib oʻtildi
Davra suhbati davomida kelgusida Oʻzbekiston Respublikasida atrof-muhitga taʼsirni baholash mexanizmini Jahon bankining Ekologik ijtimoiy standartlari bilan uygʻunlashtirish borasida oʻzaro hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olindi, deb xabar beradi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.