SHundan O'zbekistonga davlat byudjetini qo'llab-quvvatlash uchun 200 mln, sog'liqni saqlash milliy tizimini yaxshilash va kam ta'minlangan aholini qo'llab-quvvatlash maqsadida 95 mln, hamda tezkor tibbiy yordam tizimini isloh qilishga 17 mln dollar taqdim etilgan.
Jahon banki koronavirusga qarshi kurash chora-tadbirlarini qo'llab-quvvatlash maqsadida Markaziy Osiyo davlatlariga 370 mln dollar ajratdi. Mablag'lar favqulodda javob berish global dasturi doirasida ajratilgan, shuningdek JB moliyalashtirishi asosida amalga oshirilayotgan loyihalardan qayta yo'naltirilgan, deya xabar berdi bank matbuot xizmati.
Jahon bankining yordami milliy sog'liqni saqlash tizimi va birinchi tibbiy yordam samaradorligini oshirish, epidemiologik monitoringni yaxshilash, yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlar bilan ishlaydigan tibbiyot xodimlarini tayyorlash kabi keng ko'lamdagi tadbirlarni amalga oshirishda qo'l kelishi kutilmoqda.
Ajratilgan pul mablag'lari muhim tibbiy uskunalar, ya'ni test tizimlari, laborator reagentlar, reanimatsiya bo'limlari uchun uskunalar, hamda tibbiyot xodimlarini uchun shaxsiy himoya vositalarini xarid qilish uchun ham ishlatiladi.
Bundan tashqari, Markaziy Osiyo davlatlarining ustuvor yo'nalishlaridan kelib chiqqan holda, moliyalashtirish ehtiyojmand aholi qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish bo'yicha dasturlarni kengaytirish, masofaviy ta'lim tizimini yo'lga qo'yish va pandemiya oqibatlarini yumshatish bo'yicha boshqa vazifalarni amalga oshirishda ko'mak beradi.