Jahon banki Oʻzbekiston hukumatiga 239 million AQSH dollari miqdorida imtiyozli kredit, shuningdek Shveysariya davlat kotibiyatining iqtisodiy masalalar boʻyicha 7,8 million AQSH dollari miqdoridagi grant ajratadi.
Ushbu mablagʻlar Oʻzbekistonning uchta hududida - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus, Taxiatosh va Xoʻjayli, Sirdaryo viloyati, Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon shahrida 500 mingdan ortiq kishining suv taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlari yaxshilashga sarflanadi.
Shuningdek, Oʻzbekistonda milliy innovatsion tizimni modernizatsiya qilish uchun 50 million AQSH dollari miqdorida imtiyozli kredit ajratiladi.