Shu bilan birga, davom etayotgan yerosti silkinishlari tufayli bu miqdor oshishi mumkin.

6-fevral kuni sodir bo'lgan ikkita juda kuchli zilzila Turkiyaga 34,2 milliard dollar zarar yetkazdi, bu 2021-yilgi mamlakat yalpi ichki mahsulotining 4 foiziga teng.

Umumiy zararning 53 foizi (18 milliard dollar) turar-joy binolari, 28 foizi (9,7 milliard) noturar joylar (tibbiyot muassasalari, maktablar, davlat idoralari) va 19 foizi (6,4 milliard) infratuzilma bilan bog'liq.

Jahon banki prognozlariga ko'ra, tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish va tiklanish mamlakatga yanada qimmatga tushishi mumkin. Uning qiymati zarar miqdoridan ikki baravar oshib ketishi mumkin. Zilzilalar qiymatidan tashqari, iqtisodiy tanazzul bilan bog'liq YAIM yo'qotishlari ham qo'shiladi, deya qo'shimcha qildi tashkilot, deyiladi mir24.tv saytida.