Muzokaralar jarayonida Transport vazirligi delagatsiyasiga Oʻzbekistonning Saudiya Arabistonidagi favqulodda va muxtor elchisi hamrohlik qildi.

Bu Oʻzbekistondan “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan ziyoratchilar, shuningdek, “Umra plyus” dasturi orqali Oʻzbekistonga ziyorat turizmi uchun tashrif buyuruvchi xorijiy sayyohlarga keng imkoniyatlar yaratadi.

Muzokaralar natijasiga koʻra Toshkent shahridan Saudiya Arabistoni shaharlari oʻrtasida haftasiga har bir tomondan 14 tadan, shuningdek, xalqaro aeroportga ega boʻlgan Oʻzbekistonning istalgan shahridan Saudiya Arabistonining xalqaro aeroportga ega boʻlgan istalgan shahriga har bir tomondan haftasiga 21 tadan (jami 35 tadan) muntazam parvozlarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Muntazam aviaqatnovlarning qariyb ikki yarim barobar oshirilishi charter parvozlari hamda tranzit parvozlar orqali “Umra” safariga boruvchilar guruhini shakllantirayotgan turoperatorlar hamda agentlar tomonidan yuzaga keltirilayotgan ayrim tartibsizliklarga barham berish, Oʻzbekistonning barcha aeroportlarini Saudiya Arabistoni bilan bogʻlash hamda ikki mamlakat oʻrtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.