Bunga Ukraina va Rossiyadan eksport hajmining kamayishi asosiy sabab boʻlgan.
Argentinadan yetkazib berish hajmi oshayotgan boʻlsada, bu umumiy tanqislikni toʻliq qoplay olmayapti. Germaniyaning Oil World tahlilchilariga koʻra, shu yil yakuniga qadar jahon bozorida kungaboqar yogʻi taklifi oʻtgan yilga nisbatan 2,4 million tonnaga kamayishi mumkin.
Umumiy taʼminot esa 25,1 million tonna atrofida boʻlishi kutilmoqda. Tahlilchilarning aytishicha, jahon eksporti 2,7 million tonnaga qisqaradi. Eng katta pasayish Ukraina va Rossiya hissasiga toʻgʻri keladi, deyiladi xabar matnida.
Bundan tashqari, kungaboqar yogʻi isteʼmoli ham kamaymoqda. Yevropa Ittifoqida qariyb 1 million tonnaga, Xitoy va Hindistonda esa taxminan 0,5 million tonnaga qisqarish kutilmoqda.
Mutaxassislar soʻnggi haftalarda narxlar yuqori darajada saqlanib qolayotganini taʼkidlab, bu holat bozorda tanqislik hanuz davom etayotganidan dalolat berishini qayd etmoqda.