Qayd etilishicha, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov mamlakatimiz tarixida 23 yoshli oʻsmirlar oʻrtasida “Yunon-rum” kurashi boʻyicha 1-jahon chempioni Alisher Gʻaniyevga Fargʻona shahridagi Ekoshahar – “Yangi Oʻzbekiston” massividan kvartira kalitini topshirdi.
Viloyat hokimi chempionni yutuqlari bilan qutlab, ushbu sportchidan niyatlar katta ekanligi, sportning shu turi boʻyicha olimpiada yoʻllanmalarini olib, mamlakatimiz bayrogʻini yuqoriga koʻtarib, madhiyamizni baralla yangrashiga, yurtimizni dunyoga tanitishda oʻz hissasini qoʻshishga bundan keyingi faoliyatida ham katta omad va zafarlar tilab, katta gʻalabalarni kutib qolishga umid va ishonch bildirdi.
Maʼlumot oʻrnida Alisher Gʻaniyev Buvayda tumanida tugʻilgan. Hozirda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi. “Yunon-rum” kurashi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, xalqaro toifadagi sport ustasi.









