O'tkazilgan so'rovda jahon okeani suvlari miqdori bo'yicha keyingi paytda kamida oltita ilmiy ishni chop etgan 100 dan ortiq olimlar ishtirok etdi. Ularga CO2 emissiyasi stsenariysi doirasida okean suvlarining ko'tarilishiga doir fikrlarini bayon etishlari taklif etildi. So'rov natijalari BMT huzurida faoliyat yurituvchi iqlim o'zgarishlari bo'yicha mamlakatlararo ekspertlar guruhining qarashlariga nisbatan salbiyroq bo'lib chiqdi. ekspertlar 2100 yilga borib eng yomon holatda okean suvlarining 1,1 metrga ko'tarilishini bashorat qilgan bo'lsa, olimlar asr oxiriga kelib bu ko'rsatkich 1,3 metrga etishini bildirishdi. 2300 yilga borib esa, bu miqdor 5 metrni tashkil etishi mumkin.
Buning sababi, birinchi navbatda, Grenlandiya va Arktika muzliklarining erishiga borib taqaladi. “Bu erdagi mavjud muzlar eriydigan bo'lsa, uninghajmi dunyo okeani yuzasini 65 metrga ko'tarilishi uchun etarli bo'ladi. Bu muzliklar qoplamasini bag'oyat kam foizga ham yo'qotishga yo'l qo'ymasligimiz zarurligidan dalolat beradi” — deydi tadqiqot mualliflaridan biri, Potsdam universiteti ilmiy vakili SHtefan Ramshtorf.
YAqinda NASA sun'iy yo'ldoshlari yordamida o'tkazilgan boshqa tadqiqot xulosasiga ko'ra, faqatgina Grenlandiyaning o'zi yiliga 200 gigatonn muz yo'qotmoqda.
Rauf Nurullaev