2022-yil jahon zaxiralari qiymatining kamayishi kamida 2000-yildan beri rekord ko‘rsatkich bo‘ldi — o‘n oy ichida ular 11,3 foizga qisqarib, 12,47 trillion dollarni tashkil qildi. Bu 2020-yil may oyidan buyon mamlakatlar zaxiralarining minimal hajmiga aylandi.
Avvalgi antirekord 2015-yilda Yevrohududda inqiroz avj olgan paytda qayd etilgan bo‘lsa, o‘sha yili mamlakatlarning “xavfsizlik yostig‘i” atigi 711,1 milliard dollarga yoki 6,1 foizga qisqargan.
Markaziy banklar zaxiralari yil boshidanoq qisqarishni boshladi — yanvar oyining o‘zida 164,9 milliard dollarga tushib ketdi.
Ko‘rsatkichning oylik rekord darajadagi pasayishi sentyabr oyida - 335,3 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, oktyabrda pasayish keskin sekinlashdi - bir oy davomida zaxiralar atigi 25,4 milliard dollarga kamaygan.