Soʻnggi yillarda mamlakatimizga dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyurayotgan sayyohlar soni ortib bormoqda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida sayyohlik salohiyatidan samarali foydalanish, dam olish va turizm uchun shart-sharoitlarni yaxshilash maqsadida, 40 ga yaqin turistik xizmat koʻrsatish sohasidagi korxonalar faoliyat yuritmoqda.

Bugun Nukus shahri Davlat xizmatlari markazida taniqli xonanda Jahongir Poziljonov “BOJALAR-TOUR" nomli turistik korxonasi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

– Yurtimizga tashrif buyuruvchi sayyohlarga sifatli xizmat koʻrsatish hamda milliy turizm salohiyatini ichki va tashqi bozorlarda samarali targʻib qilishni maqsad qilganmiz - deydi xonanda Jahongir Poziljonov.