Mehnat faoliyatini 2001-yilda “Koka Kola Oʻzbekiston” qoʻshma korxonasi mutaxassisligidan boshlagan. 2002—2020-yillarda ushbu korxona savdo vakili, bosh direktor tarjimoni, Qoʻqon shahri filiali menedjeri, Andijon filiali menedjeri, xususiy tadbirkor, “Lyuks Plyus Star” MCHJ savdo va marketing boʻlimi menedjeri, “GM Uzbekistan” AJ ichki savdo direksiyasi agenti, menedjeri, bosh menedjeri, “GM Uzbekistan” AJ gaz yoqilgʻisi, marketing, monitoring va rivojlanish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi, xususiy tadbirkor, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Xalqaro hamkorlik va loyihalar boʻlimi bosh mutaxassisi vazifalarida faoliyat yuritgan.

U 2020-yildan hozirga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Ishlar boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Jahongir Qayumov viloyat hokimining 2020-yil 29-oktyabrdagi qarori bilan Namangan viloyati hokimligining Ishlar boshqaruvchisi etib tayinlandi.