Qayd etilishicha, suratda oq ellips shaklidagi galaktika (chapda) va spiral shaklidagi galaktika (o'ngda)ning avval ko'rilmagan detallari aks etgan. Bu ikki galaktika nisbatan yaqin joylashgan, biroq faol o'zaro ta'sirga kirishmaydi.

Astronomlarga galaktik changning xususiyatlarini to'g'ridan-to'g'ri solishtirishga yordam berishi uchun minglab galaktikalar orasidan shu ikkita galaktika tanlangan. Olimlarning fikriga ko'ra, chang galaktikalarning yorqinligi va ranglarini o'zgartiradi va shuning uchun uning tabiati va tarqalishi haqida bilish muhimdir. Shu bilan birga, chang qisman yangi yulduzlar va sayyoralarning paydo bo'lishiga sabab bo'ladi, shuning uchun astronomlar keyingi tadqiqotlarida ularning mavjudligini aniqlashga e'tibor qaratishadi, deyiladi korrespondent.net saytida.