“Ikkala jamoani ham qiyin uchrashuv kutib turibdi. «Nasaf” tarixi boy va kuchli klub. Ularni har taraflama oʻrganib chiqishga harakat qildik. Yetarlicha tayyorgarlik koʻrdik, deb oʻylayman. Barchasini ertaga maydonda bilib olamiz.

Roʻziqul Berdiyev katta tajribaga ega murabbiy. Unga hamma ishonadi. Murabbiy uchun eng kerakli narsa shu. Berdiyevning jamoasi doim paslar bilan yaxshi oʻynay oladi. Yuqorida taʼkidlaganimdek, raqibni yaxshilab oʻrganib chiqdik va faqat gʻalaba uchun oʻynaymiz.

Oʻzbek jamoalari Osiyo Chempionlar ligasida ham yaxshi oʻyin namoyish etishadi. “Nasaf”ga qarshi bahsga tayyorgarlik koʻrishda Arslanmirat Amanov bilan fikr almashdik. Raqib tarkibida Bozorov va Stanoyevich kabi kuchli ijrochilar bor. Lekin bularga qaramasdan, faqat gʻalaba uchun Qarshiga keldik».

Qarshiliklar ustozi Roʻziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirokchilariga minnatdorchilik bildirdi va dedi:

«Ertangi bellashuvga futbolchilarimiz har tomonlama tayyor. Aytib oʻtishim kerakki, raqibimiz «Ahal» juda ajoyib jamoa. Turli taktik sxemalarda oʻynay oladi, texnik jihatdan kuchli futbolchilarga ega. Qiziqarli oʻyin boʻladi, biz bor kuchimizni ertangi oʻyinda koʻrsatib, gʻalaba qozonishimizga toʻgʻri keladi.

Turkman jamoalari bilan oldin ham bir necha marotaba oʻynaganmiz. Turkmaniston milliy jamoasining oʻyinlarini koʻp kuzatamiz. Ular ham texnikaga tayanadi, taktik kuchli futbol koʻrsatadi, tezkor futbolchilari bor...

Men jamoaning ichidan turib ayta olamanki, OFK Kubogi uchrashuviga jamoamning kayfiyati maksimal darajada tayyor. Jamoamizga yangi kelib qoʻshilgan Andriya Kaluderovich ham yaxshi kirishib keta oldi. Mashgʻulotlarda ishlamoqda va ushbu bellashuvda “Nasaf”ga yordam bermoqchi. Ertaga eng tayyor futbolchilarni maydonga tashlab, kerakli natijaga erishishga harakat qilamiz...»