Kecha tunda "Al Faysali" hamda "Nasaf" o'rtasidagi OFK Chempionlar ligasi guruh bosqichi 1-tur o'yini yakunlandi.
E'tiborli jihati, Qarshining nasaf jamoasi mehmonda o'ynashiga qaramasdan, raqiblariga qarshi munosib bahs olib bordi hamda Zafarmurod Abdiraxmatovning o'yinga qo'shib berilgan daqiqalarda kiritgan yagona goli evaziga g'alaba qozondi.
Afsuski, "Al Ittihod" mehmoni bo'lgan yana bir jamoamiz – OKMK OFK Chempionlar ligasi guruh bosqichi 1-turini 3:0 hisobidagi mag'lubiyat bilan boshladi.
Kecha tunda o'tkazilgan bahslarning eng qiziqarli, sensatsion o'tgani, shubhasiz, "Al Hilol" hamda "Navbahor" o'rtasidagi to'qnashuv bo'ldi. Chunki muxlisu mutaxassislardan tortib, hatto Navbahor muxlislari ham Neymar boshchiligidagi yulduzli jamoadan mehmonda mag'lubiyat alamini totib ko'rishni ko'proq o'ylashgani bor gap.
Lekin, Navbahor futbolchilari bu o'yin jamoaviy bahs ekani, o'yin taqdirini yulduzlardan ko'proq hamjihatlikdagi mehnat hal qilishini isbotladi.
Legionerimiz Toma Tabatadze 52 daqiqada raqib darvozasiga gol kiritib, "Navbahor"ni hisobda oldinga olib chiqdi. Katta ehtimol bilan o'yin shu hisobda, jamoamiz g'alabasi bilan tugashi mumkin edi. Lekin hakam o'yinga 14 daqiqa qo'shib berdi va qo'shimcha vaqtning 10 daqiqasi – umumiy hosibda esa 100 daqiqada Ali Al Bulayhi hisobni tenglashtirdi.
Shu tariqa mazkur bahs 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi.