Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Abu Ali ibn Sino nomidagi Jizzax jamoat salomatligi texnikumi direktori oʻrinbosari J.T., fuqaro Sh.ni ushbu texnikumga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Toshloq tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa, 2-Margʻilon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi yoshlar yetakchisi R.X. va talaba M.K. fuqaro I.ni tanishlari yordamida ushbu texnikumga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 450 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.