— Jamoat transporti qamrovi bor-yoʻgʻi 25 foiz ekani – bu tizimga berilgan baho - dedi Prezident.

Viloyatlarga yetkazilishi reja qilingan avtobuslarning hammasi ham olib kelinmagani, Andijon, Samarqand, Namangan, Qarshi va Urganch shaharlarida yoʻlovchi tashishni brutto-shartnoma asosida moliyalashtirish tizimini joriy qilish ishlari yakuniga yetkazilmagani tanqid qilindi.

Transport vaziri va viloyat hokimlari bu ishlarni toʻliq yakunlab, 1-martga qadar 5 ta viloyat markazida, 1-iyungacha qolgan 8 ta shaharda yangi tizimni yoʻlga qoʻyishi shartligi qatʼiy koʻrsatib oʻtildi.