Bu haqda AOKAda Transport vazirligi, “Toshshahartransxizmat” AJ mutasaddilari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi:

Jamoat transportining jozibadorligini taʼminlash, yoʻnalishlarda barqaror harakat tezligini taʼminlash, aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida vaqtga briktirilgan differensial tarif rejalari aprel oyidan joriy etiladi.

Bunda:

— bir soat ichida avtobusdan avtobusga birinchi marta oʻtish 70 foizgacha arzonlashadi;

— ikkinchi va keyingi oʻtishlar yoʻlovchi uchun bepul boʻladi;

— avtobusdan metroga yoki metrodan avtobusga oʻtishda tarif 30 foizgacha arzonlashadi.

Shu bilan birga jamoat transportidan kunlik aktiv foydalanuvchilar uchun bir kunlik limitsiz tariflar joriy etiladi.