2021 yil yanvar oyidan boshlab Toshkent shahrida jamoat tranportlaridan foydalanganda naqd pul orqali to'lov qilish tizimini bekor qilish rejalashtirilmoqda. Aniqrog'i, naqd pul o'rniga yagona transport kartasidan foydalanish usuliga o'tiladi. Shuningdek, oylik yo'l chiptalari ham bekor qilinadi. Alohida imtiyozga ega shaxslar, talabalar va o'quvchilar uchun xuddi shu ko'rinishdagi kartalar joriy etiladi.

 

"Toshshahartransxizmat" AJ Axborot xizmati