Tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan birinchi marta Oʻzbekistonda oʻtkazilgan MDH Iqtisodiy kengashining 105-yigʻilishi natijalarini sarhisob qilib, ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama etdi.

Mger Grigoryan samimiy qabul va tadbirlarning yuqori darajada tashkil etilgani uchun Oʻzbekiston tomoniga minnatdorlik bildirdi.

Shuningdek, oʻzaro savdoni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi. Tomonlar mamlakatlar oʻrtasidagi savdo aylanmasining hozirgi darajasini oshirish maqsadida mavjud salohiyatdan foydalanish kerakligini taʼkidladi.

Bu maqsadda tomonlar oʻzaro uchrashuvlarni jadallashtirish boʻyicha kelishib oldi.