«2020-yilning yanvarigacha kambagʻallik ochiq-oydin tan olinmagandi. Kambagʻallikni odamlarga pul tarqatib qisqartirib boʻlmaydi. Kambagʻallikni tadbirkorlikni, taʼlimni, sogʻliqni saqlashni rivojlantirib qisqartirish mumkin.
Iqtisodiy taraqqiyot bir tomondan kambagʻallikni kamaytiradigan boʻlsa, ikkinchi tomondan kambagʻallikning koʻpayishi iqtisodiy taraqqiyotni pasaytiradi. Odamlarda sogʻliqni saqlashdan va taʼlimdan yaxshi foydalanish imkoni boʻlmaydigan boʻlsa, ular borgan sari kambagʻallashadi va iqtisodiyotda talab kamayadi. Iqtisodiyot oʻzining yuqori malakali xodimlariga boʻlgan ehtiyojini qoplolmaydi va oʻsish pasayadi», deya taʼkidlagan u.
Maʼlum qilinishicha, 2020-yilning boshida har oyda 552 ming oilaga moddiy yordam berilgan. Iyun oyida bu koʻrsatkich 774 ming, iyul oyida esa 876 mingga yetdi. Yil oxiriga borib ijtimoiy nafaqa berilgan oilalar soni 1 million 200 mingga yetishi koʻzda tutilgan.
Dekabr oyigacha Oʻzbekistondagi 8 million oilaning 15 foizi ijtimoiy nafaqa berish rejalashtirilgan. Shuningdek, Qoraqalpogʻistondagi har 4 oilaning bittasi, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida esa har 5 oiladan bittasi ijtimoiy nafaqa oluvchi boʻladi.
«Yil boshida Xorazm va Navoiy viloyatida yashovchi oilalarga 5 foiz ijtimoiy nafaqa berganmiz. Ammo Navoiy viloyati kambagʻallik darajasi boʻyicha pastdan 3-oʻrinda turadi. Ekologik va boshqa sabablar tufayli ikki viloyatga bir xilda ijtimoiy yordam ajratilgan.
Pandemiya sababli bu xatoni tuzatishga toʻgʻri keladi, yaʼni Xorazm viloyatining 17 foiziga ijtimoiy nafaqalar tarqatish koʻzda tutilyapti», dedi bosh vazir oʻrinbosari xalqaro press-klubning 25-sentyabr kuni oʻtkazilgan sessiyasida.