Ekipaj samolyot oldiga huquq tartibot organlari xodimlarini chaqirishni soʻragan.
Bortida 206 yoʻlovchi boʻlgan Boeing 747-800 mahalliy vaqt bilan 17:32 da favqulodda qoʻnishni amalga oshirdi. Janjal koʻtargan yoʻlovchilar reysdan olib tashlandi. Havo kemasi Toshkentdan belgilangan aeroportga soat 20:36 da uchib ketdi.









