Janubiy Koreya davlatiga malaka oshirishga yuborishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

    Janubiy Koreya davlatiga malaka oshirishga yuborish uchun viza hujjatlarini tayyorlab berishini aytib, oldindan 4 000 AQSH dollarini olgan.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “P.C.” MCHJ rahbari D.U. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) fuqaro A.A.ning ishonchiga kirib, uning akasi M.A.ni 10 000 AQSH dollari evaziga ushbu MCHJ orqali Janubiy Koreya davlatiga malaka oshirishga yuborish uchun viza hujjatlarini tayyorlab berishini aytib, oldindan 4 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.