Koreya Respublikasi hukumati taqdim etgan va mamlakatimiz Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi uchun mo'ljallangan insonparvarlik yordamining ikkinchi jo'natmasi ortilgan “Korean Air” aviakompaniyasi samolyoti bugun, 22 iyul` kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:10da O'zbekistonga etib keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Janubiy Koreyaning mamlakatimizdagi elchixonasi ma'lumotiga ko'ra, 144 ming dona tibbiy niqobdan iborat insonparvarlik yordamining birinchi jo'natmasi joriy yilning 10 iyul` kuni etkazib berilgan edi. Hozirgi ko'mak yukida 206 ming dona shu kabi tibbiy niqoblar mavjud.

Ta'kidlash joiz, koronavirus infektsiyasining O'zbekistonda tarqalishining dastlabki kunlaridan boshlab Koreya Respublikasi mamlakatimiz sog'liqni saqlash tizimiga doimiy ravishda texnik va maslahat yordamini ko'rsatib kelmoqda.

Xususan, koronavirus tarqalishining dastlabki bosqichida professorlar TSoy CHje Uk va YUn Sыng Ju maslahatchi sifatida O'zbekistonda bo'lib, mahalliy mutaxassislarga kasallikka qarshi kurashda yordam berdi. Aprel` oyi oxirlarida mamlakatimizga qiymati 250 ming AQSH dollariga teng bo'lgan diagnostika to'plamlari taqdim etildi.

Bundan tashqari, Koreya Respublikasining elchixonasi, Xalqaro hamkorlik agentligi (KOISA), Xalqaro sog'liqni saqlash va tibbiyot jamg'armasi, Suv korporatsiyasi, Er va uy-joy korporatsiyasi (LH) ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlarga yordam ko'rsatdi. Janubiy Koreya kompaniyalari ham bu jarayonda o'zlarining munosib hissalarini qo'shishdi.

Mamlakatlarimiz o'rtasidagi do'stlik va hamkorlik bundan keyin ham o'zaro yordam va hamkorlikni yanada mustahkamlashga imkon beradi, deya qayd etiladi Koreya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi xabarida.