Janubiy Koreya prezidentiga qarshi impichment bo'yicha ovoz berish sanasi ma'lum bo'ldi

    Parlament 6-7-dekabr kunlari prezident Yun Sok Yolga qarshi impichment loyihasini ovozga qo'yishi rejalashtirilgan, deb xabar bermoqda Ryonxap agentligi.

    “Prezident Yun Sok Yolga qarshi impichment loyihasi ertaga parlamentda taqdim etiladi va u bo'yicha ovoz berish 6-7-dekabr kunlari o'tkazilishi rejalashtirilgan”, deb yozadi agentlik.

    Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, partiya rahbariyati prezidentning harbiy holat e'lon qilganiga nisbatan jamiyatda salbiy kayfiyat kuchaygan bir sharoitda impichment jarayonini tezlashtirishga qaror qilgan.

    Parlament impichment loyihasini taqdim etish uchun 5-dekabr kuni yarim tunda yig'ilishi kerak. Impichment loyihasi taqdim etilgandan so'ng, ovoz berish 24 soatdan keyin, lekin 72 soatdan kechiktirmasdan o'tkazilishi kerak, deb xabar beradi ria.ru.