Janubiy Koreya TIV rahbari tashrif bilan Toshkentga keldi

    Xalqaro hamkorlik 1 Iyun 2023 1115

    Bugun Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Pak Chin tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi.

    Toshkent xalqaro aeroportida uni Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kutib oldi.

    «Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri janob Pak Chinni Toshkent xalqaro aeroportida kutib oldik, - deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining telegram kanalida. - Pak Chin Oʻzbekistonga avval ham koʻp marta kelgan boʻlsada, Koreya Respublikasi TIV rahbari sifatida ilk bor tashrif buyurmoqda. Bugungi muzokaralarimiz kun tartibi juda boy».