Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Chilonzor tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbirda fuqaro A.J. fuqaro A.A.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Janubiy Koreya davlatiga oʻqishga yuborish hamda viza hujjatlarini tayyorlab berish evaziga 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Tuproqqalʼa tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.A. fuqaro B.Dni goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 2 000 AQSH dollari evaziga Germaniya davlatiga ishga yuborishini aytib, shundan 500 AQSH dollari va 2,6 mln soʻmini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.