Qayd etilishicha, yong'in seshanba kuni ertalab boshlangan va buning oqibatida hozirgacha 70 ga yaqin uy va binolar vayron bo'lgan. 379 gektar o'rmon maydoni yonib ketgan, bu 530 ta futbol maydoniga teng.

Politsiyaning ma'lum qilishicha, 80 yoshlardagi erkak yong'in tufayli vayronaga aylangan uyda o'lik holda topilgan. Yana 12 kishi jarohatlangan.

Mahalliy hukumat yong'inga shamol tufayli ag'darilgan qarag'ay daraxtining elektr simiga tegib ketishi sabab bo'lgan, deb taxmin qilmoqda. O't o'chiruvchilarning so'zlariga ko'ra, yong'in tezda shaharning aholi yashash joylariga tarqalgan.

Tabiiy ofat hududidan 500 nafardan ziyod mahalliy aholi va 700 nafarga yaqin sayyoh xavfsiz joyga ko'chirilgan.

Yong'inni bartaraf etishga 2764 nafar qutqaruvchi, 396 ta o't o'chirish mashinasi va uchta vertolyot jalb qilingan, deb xabar beradi korrespondent.net.