Kelishuvga koʻra, oʻzbekistonlik yoshlar provinsiyaning yirik sanoat tarmoqlarida hududiy viza asosida yuqori malakaga ega mutaxassis sifatida oʻz bilim va tajribalarini yanada yuksaltiradi.
"Migratsiya agentligi bilan bugun imzolangan kelishuv — xorijiy ishchi kuchini qabul qilish yoʻnalishida provinsiyamiz tarixidagi ilk hujjatdir. Biz xorijlik ishchilarni asosan til bilish qobiliyatiga alohida eʼtibor qaratamiz. Oʻzbek yoshlarining tayyorgarligi va bilim olish tizimini esa juda yuqori baholaymiz", — deya taʼkidladi Kuongsannam-do provinsiyasi gubernatori Pak Wansu.
Shuningdek, uchrashuvda E-8* mavsumiy ishchi vizasiga alohida toʻxtalib, kelgusida bu yoʻnalishda ham ijobiy loyihalar boshlashga kelishildi.
Maʼlumot uchun:
- E-7 Specially Designated Activities Visa – muayyan soha va kasblar boʻyicha mutaxassislik darajasiga ega xorijliklarga beriladigan kasbiy mehnat vizasi.
- E-8 Seasonal Worker Visa – qishloq xoʻjaligi va baliqchilik sohalarida xorijliklarni mavsumiy ishlarga jalb qilish uchun beriladigan vaqtinchalik viza.








