Janubiy koreyalik mashhur blogerlar «Dunyoni o‘rganish hayoti» (“Earth Exploration Life”) nomli dasturida mamlakatimizning Toshkent, Samarqand va Buxoro kabi tarixiy shaharlari hamda o‘zbek xalqining madaniyati va anʼanalari, zamonaviy turistik infratuzilmasi, milliy taomlari haqida hikoya qiladilar.

Ijodkorlar o‘zbek shaharlarini taʼriflab, ularning tozaligi, mahalliy aholining mehmondo‘sligini alohida qayd etadilar. Ular shuningdek, vatandoshlarini mamlakatimiz bo‘ylab sayohat qilishga chaqirgan.

– Sayohatimizdan asosiy maqsad O‘zbekiston madaniyati va tarixi bilan yaqindan tanishish, qolaversa, sayyohlar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘rish va buni Janubiy Koreya aholisi o‘rtasida keng targ‘ib etishga qaratilgan, – deydi Don Von Chon. – Samarqand va Buxoro menga juda yoqdi va bu shaharlarga yana albatta kelaman.

«MBN Entertainment» YouTube-kanali obunachilari soni 2 milliondan ziyod bo‘lib, kanalga joylangan videoroliklar Janubiy Koreyada eng mashhur ko‘ngil ochar kanal hisoblanadi.