“Adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti janubiy koreyalik yozuvchi Han Kangga “tarixiy jabr-sitamlarni olib chiqqan va inson hayotining nozikligini ko'rsatgan boy nasri uchun” beriladi”, deyiladi xabarda.
Uning asarlari orasida “Vegetarian” romani xalqaro yutuq sifatida e'tirof etilgan. Qo'mita ta'kidlaganidek, yozuvchi “tana va ruh, tirik va o'lik o'rtasidagi bog'liqlikni o'ziga xos tushunadi va o'zining she'riy eksperimental uslubida zamonaviy nasrda novatorga aylandi”.
Han Kang adabiyot bo'yicha Nobel mukofotining birinchi janubiy koreyalik laureati bo'ldi. Avvalroq, 2016-yilda u “Vegetarian” romani uchun xalqaro Buker mukofotiga sazovor bo'lgan va bu uning ingliz tiliga tarjima qilingan ilk kitoblaridan biri bo'lgan edi. 2005-yilda yozuvchi Li San adabiyot mukofotini ham sazovor bo'lgan, deb xabar beradi ria.ru.