Unga koʻra:

Qoʻngʻirot tumani hududida davlat tabiatni muhofaza qilish muassasasi shaklida umumiy maydoni 1 447 143 gektar boʻlgan “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bogʻi barpo etiladi.

Qaror bilan:

Tabiat bogʻining xoʻjalik maqsadida foydalanish zonalaridagi yerlar ushbu hududlarda joylashgan yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar ixtiyorida qoladi;

Tabiat bogʻi Davlat ekologiya qoʻmitasining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi;

Tabiat bogʻi Davlat ekologiya qoʻmitasining Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi mablagʻlari hamda qonun hujjatdarida taqiqlanmagan boshqa manbaalar hisobiga moliyalashtiriladi.

Ushbu meʼriy hujjat bilan:

“Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bogʻining umumiy maydoni;

“Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bogʻiga doimiy foydalanish huquqi asosida beriladigan yer uchastkalarining maydoni;

“Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bogʻining qoʻriqxona, rekreatsiya va xoʻjalik maqsadida foydalanish zonalari uchun ajratiladigan yer maydoni;

Tabiat bogʻi ijro etuvchi apparatining tuzilmasi tasdiqlandi.