Bu haqda Toshkent shahar transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

Yangi yoʻnalish Toshkent shahri “Janubiy vokzal” bekatidan Toshkent viloyati “Niyozboshi mahallasi” bekatigacha harakatlanadi. Yoʻnalishda Mercedes-Benz LF avtobuslari xizmat koʻrsatadi.

Harakat vaqti:

  • ish kunlari: 05:30 — 23:10 (11 ta avtobus)
  • shanba: 05:30 — 22:25 (10 ta avtobus)
  • yakshanba: 06:07 — 22:02 (9 ta avtobus)