Japan Digital University bilan raqamli texnologiyalar hamda taʼlim yoʻnalishida hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi

    Ta'lim 22 Iyul 2022 1842

    Bugun, 22-iyulda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Japan Digital University vasiylik kengashi raisi, “Digital Knowledge Co., Ltd Japan” asoschisi va rahbari Xaga Xiroaki bilan onlayn muloqot oʻtkazdi. Unda JDU Oʻzbekistondagi rektori Ravshanbek Mamajonov ham ishtirok etdi.

    Uchrashuvda Oʻzbekistonda taʼlim sohasining rivojlanishi bilan tanishish, shuningdek, hamkorlik imkoniyatlari muhokama etildi.

    Toshkent shahridagi Yaponiya raqamli universiteti bitiruvchilari 3 ta: Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Japan Digital University hamda Yaponiyadagi universitetlardan birining diplomini qoʻlga kiritish imkoni mavjud.

    Ushbu universitet missiyasi dunyo miqyosida yetuk kadrlarni tayyorlash orqali aholi yaxshi yashashiga koʻmaklashish va Oʻzbekiston-Yaponiya munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqishga hissa qoʻshadi.

    Uchrashuv davomida raqamli texnologiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalariga ham eʼtibor qaratildi. Shu bilan birga, AKT vazirligi bilan hamkorlik qilgan holda taʼlim sifatini taʼminlash, korxona va tashkilotlar bilan universitet oʻrtasidagi sheriklik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha takliflar bildirildi, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.