Oʻzbekistonda yoʻl harakati qoidalarini buzgan haydovchilarga jarima balli tizimi joriy etilmoqda. Bu prezident imzolagan qonunda koʻzda tutilgan.
Oʻzgartirishlarga koʻra, qoidabuzarlik uchun asosiy jazodan tashqari, haydovchilarga jarima ballari ham beriladi. Bitta qoidabuzarlik uchun maksimal ball soni ikkitadan oshmasligi kerak.
Jarima ballari birinchi qoidabuzarlik sodir etilgan kundan boshlab bir yil davomida toʻplanadi. Agar haydovchi bir yil ichida 12 dan ortiq ball toʻplasa, u avtomatik ravishda haydovchilik guvohnomasidan mahrum boʻladi. Cheklov muddati 6 oydan kam boʻlishi mumkin emas.
Haydovchilik huquqini toʻxtatib turish muddati tugagandan soʻng, uni faqat yoʻl harakati qoidalari imtihonini muvaffaqiyatli topshirgandan keyingina qayta olish mumkin boʻladi. Buni Oʻzbekiston IIV YHXX “Gazeta.uz”ga tasdiqladi.
Shu tariqa huquqbuzarlar yana mashina boshqarishga ruxsat olishdan oldin oʻz malakasini isbotlashi kerak boʻladi.
Bu va boshqa oʻzgartirishlar Vazirlar mahkamasining bir oy muddatda ishlab chiqilishi va qabul qilinishi koʻzda tutilgan qaroriga kiritilishi rejalashtirilgan. Unda jarima ballarini hisoblash tartibi va miqdori belgilanadi.