Jarima ballarini onlayn tekshirish imkoni yaratildi

    Transport 2 Iyun 2025 2254

    Buni my.gov.uz orqali hech qanday hujjatsiz, bepul tekshirish mumkin.

    Taqdim etilgan maʼlumotda qancha jarima ballari borligi, qabul qilingan qaror raqami va sanasi, jarima ball uchun Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning asos boʻluvchi moddasi va bandi keltiriladi.

    Buning uchun my.gov.uz ilovasi yoki saytiga kirib, qidiruv boʻlimidan "Yoʻl harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballari toʻgʻrisida maʼlumot", deya qidiriladi.

    Xizmatdan foydalanish bepul. Shuningdek, jarima ballari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Safe ROAD YHXX” ilovasi orqali kuzatib borish ham mumkin.