баннер
28 Apr 2025
01:04

    Jarima ballarining ishlash mexanizimi qanday?

    Qonun bilan faqat 14 ta qoʻpol huquqbuzarlik uchun jarima bali belgilanmoqda.

    Yangi qabul qilingan qonunga koʻra mutlaqo yangi tizim – “jarima ballari” joriy etilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu yangilikni notoʻgʻri talqin qilish holatlari ham kuzatilmoqda.

    Yodda tuting jarima ballari yoʻl-harakati sohasidagi barcha qoidabuzarliklarga nisbatan qoʻllanilmaydi, deb yozadi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi Spikeri oʻrinbosari Rahimjon Hakimov oʻzining telegramdagi sahifasida.

    Uning yozishicha:

    • yoʻlning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilab qoʻyilgan talablarga rioya etmaslik (yoʻl polosasini bosish);
    • xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalarini buzish;
    • telefondan foydalanish va boshqalar.

    Shu kabi qoidabuzarliklar necha marta sodir qilinsa ham ham BALL HISOBLANMAYDI.

    Yangi tizim juda oddiy.

    Qonun bilan faqat 14 ta qoʻpol huquqbuzarlik uchun jarima bali belgilanmoqda (bu Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida belgilangan).

    Bular quyidagilar:

    • 125-modda 3-qismi — haydovchilarning tormoz tizimida, rul boshqaruvida yoki ulovchi qurilmada nosozligi boʻlgan yoxud tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarini boshqarishi;
    • 125-modda 5-qismi — Foydalanishi man etilgan transport vositalarini, davlat raqam belgisi oʻzboshimchalik bilan yechib olingan transport vositalarini boshqarish;
    • 126-modda — koʻzgusimon va (yoki) tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali, shuningdek tevarak-atrofni koʻrishni cheklaydigan qoplamali transport vositalaridan foydalanish;
    • 127-modda 1-qismi — Tovush signalini sababsiz berish, transport vositalariga uni ishlab chiqargan korxona nazarda tutmagan tovush chiqaruvchi va yorituvchi qurilmalarni oʻrnatish;
    • 128-3-modda — belgilangan harakat tezligini oshirib yuborish;
    • 128-4-modda 2-qismi — svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yoʻl harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga boʻysunmasdan oʻtish;
    • 128-5-modda — xalaqit berish yoki avariya holatini yuzaga keltirish, yoʻlning qarama-qarshi tomoniga chiqish;
    • 128-6-modda —haydovchilarning toʻxtash yoki toʻxtab turish qoidalarini buzishi;
    • 128-8-modda — odam tashish qoidalarini buzish;
    • 128-9-modda — quvib oʻtish qoidalarini buzish;
    • 129-modda — yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi guruh boʻlib harakat qilishda qatnashish;
    • 130-modda — temir yoʻlning oʻtish joylaridan oʻtish qoidalarini buzish;
    • 137-modda 1-qismi — yoʻl-transport hodisasi qatnashchilarining belgilangan qoidalarni buzgan holda hodisa yuz bergan joydan ketib qolishi.

    Demak, faqatgina mana shu 14 ta huquqbuzarlik uchungina BALL hisoblanadi. Qolgan har qanday yoʻl harakatiga doir qoidabuzarlik uchun BALL hisoblanmaydi.

    Hisoblash:

    • yuqoridagi qoidabuzarlik sodir etilganda, haydovchi javobgarlikka tortiladi va unga jarima bali beriladi;
    • ular bir yil davomida 12 balldan oshsa – sud tartibida qoidabuzar kamida 6 oyga avtotransport boshqarish huquqidan mahrum etiladi;
    • har bir qoidabuzarlik uchun koʻpi bilan 2 ball beriladi va u bir yil saqlanadi;
    • toʻplangan har bir alohida ball bir yildan keyin kuchini yoʻqotadi.
    • Jarima ballarining aniq miqdori va ularni qoʻllash tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.


    Telegram kanalimiz
    Text to speech