Buning sababi sifatida “Jartepa" chegara bojxona postida joylashgan binolarning kapital taʼmirlash va hududda obodonlashtirish ishlari olib borilayotgani sabab qilib koʻrsatilgan.
Mazkur cheklov quyidagi holatlarda tadbiq etilmaydi:
diplomatik va xalqaro tashkilotlar xodimlariga;
rasmiy (hukumat) delegatsiyalar tarkibiga kiruvchi shaxslarga;
respublikamizda investitsiya loyihalari doirasida faoliyat yuritib kelayotgan xorijiy tashkilotlar xodimlariga;
xalqaro yuk tashish bilan shugʻullanuvchi haydovchilarga;
mamlakatimizda doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga;
Tojikiston davlatida doimiy yashovchi Oʻzbekiston fuqarolariga;
oʻz yurtiga qaytayotgan Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolariga;
Tojikistonga ketayotgan uchinchi davlat fuqarolariga.