484 -sonli ushbu yoʻlovchi poyezdi 2020-yil 15, 19, 22, 25, 29 va 30-oktyabr kunlari Toshkent markaziy vokzalidan soat 23:20 da joʻnaydi. Mazkur poyezd harakati davomida Samarqand, Buxoro, Misken, Qoʻngʻirot vokzallari orqali oʻtib Jasliq bekatigacha boradi.

Yoʻlovchilar chiptalarni elektron shaklda ham sotib olishlari mumkin, deb xabar beradi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati.