Hamyurtimiz, taniqli futbolchi Jasur Yaxshiboyev Polshaning “Legiya” klubi bilan shartnomasini bekor qildi va erkin agent sifatida Namanganning “Navbahor” jamoasi safiga qoʻshildi.

25 yoshli hujumchi faoliyati davomida “Paxtakor”, OKMK, Belarusning “Energetik-BGU” va “Shaxtyor” Soligorsk klublarida oʻynagan. “Legiya”da oʻynagan paytida ijara asosida Moldovaning “Sherif” jamoasi tarkibida toʻp surib, YECHLda “Real” darvozasiga gol urgan.