Biroz avval -55 kilogramm vazn toifasidagi yunon-rum kurashchimiz Jasurbek Ortiqboyev bronza medali uchun kechgan bellashuvda koreyalik Xeokjin Jeonni 8-0 hisobida magʻlubiyatga uchratdi va terma jamoamizga Osiyo chempionatidagi ilk medalni taqdim etdi.

Afsuski, -63 kilogramm vazn toifasidagi vakilimiz Islomjon Bahromov hindistonlik Niraj Nirajga 4-7 hisobida imkoniyatni boy berib qoʻydi. Bahromov ushbu bellashuvda oyoq va qovurgʻa qismidagi jarohatlari bilan harakat qilganini taʼkidlash joiz.