Mukofot jamgʻarmasi 750 ming AQSH dollaridan iborat turnirda Javohir Sindorov 1-turda germaniyalik Vinsent Kaymerdan, 2-turda amerikalik Levon Aronyandan, 3-turda sloveniyalik Vladimir Fedoseyevdan va 5-turda sobiq jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsendanni magʻlub etdi.
4-turda Javohir Sindorov amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju bilan uchrashuvi durang bilan yakunlandi.
Bugun kun davomida 6, 7, 8, 9-tur oʻyinlari boʻlib oʻtadi.
Javohir Sindorov ushbu turlarda Xikaru Nakamura, Fabiano Karuana, Alireza Firuzja hamda Nodirbek Abdusattorov bilan roʻbaroʻ keladi.