Qatarda oʻtadigan futbol boʻyicha jahon chempionati boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Bu sana yaqinlashgan sayin kim chempion boʻladi degan savolga futbol mutaxassislari, murabbiylar, mashhur futbolchilar, sport nashrlari, saytlar oʻz taxminlarini bildirmoqda.
YA Sport FIFA 23 simulyatori JCH-2022da Argentina chempion boʻlishini taxmin qilgan. Simuliyator taxminicha, finalda Argentina Braziliyani magʻlub etadi. Jamoa sardori Messi 8ta gol uradi.
Shuni unutmaslik lozimki, bu metod orqali soʻnggi uch jahon chempionati gʻoliblari (2010 – Ispaniya, 2014 – Germaniya, 2018 – Fransiya) toʻgʻri topilgan.
“Barselona”ning sobiq hujumchisi, hozirda Kamerun futbol federatsiyasi prezidenti Samyuel EtoʻO taxminicha, uning mamlakati milliy jamoasi finalda Marokashni magʻlub etib, jahon chempioni boʻladi.
— Yillar davomida Afrika jamoalari tajriba orttirishdi va menimcha, ular nafaqat jahon chempionatida ishtirok etishga, balki ushbu musobaqada gʻalaba qozonishga ham tayyor, — degan u Ouest France nashriga bergan intervyusida.