Jeyms Uebb teleskopi bir-birining atrofida aylanib yurgan ikkita noyob yulduzni suratga oldi. Ikkilik obyekt WR 140 deb nomlanadi. U bir qator chang chigʻanoqlari bilan oʻralgan boʻlib, ular nafaqat zaryadlangan zarrachalarning yulduz shamoli, balki yulduzlarning oʻzlari chiqaradigan nurning yoyilishi bilan ham asta-sekin fazoga surilmoqda.

Kembrij universiteti astronomi Yinguo Xan: “Yulduz nuri tezlanishga qanday sabab boʻlishini koʻrish qiyin, chunki bu kuch masofaga qarab zaiflashadi va boshqa kuchlar tezda egallab oladi”.

WR 140 Oqqush yulduzi turkumiga mansub boʻlib, taxminan 5600 yorugʻlik yili uzoqlikda joylashgan. Bu juda kam uchraydigan Wolf-Rayet yulduzi va yana bir noyob obyekt – O tipidagi supergigant yoʻldoshdan iborat boʻlgan toʻqnashuvchi ikkilik shamol tizimidir.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Jeyms Uebb bizdan taxminan 5600 yorugʻlik yili uzoqlikda joylashgan Volfa-Raye yulduzini suratga olgandi, deyiladi korrespondent.net saytida.